top of page

Assotsiatsiyaning umumiy ko'rinishi

協会概要
概要1.png
概要2_edited.jpg

Raisning salomi

NaoyaShibamura.jpeg

Birinchi marotaba O'zbekistonga borganim hamon yodimda. 2012-yilning yanvar oyi edi. Oppoq qorga burkangan Toshkent shahri juda ham chiroyli edi. Go'yoki ertaklar mamlakatiga tushib qolgandek edim. Men O'zbekiston milliy futbol ligasidagi ilk Yaponiyalik futbolchi bo'lganligim uchun, qanday munosabatda bo'lishlaridan tashvishlanayotgan edim. Biroq jamoa a'zolari, klub rasmiylari, homiylar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shahar ahli va boshqalar meni ochiq chehra bilan kutib olishdi. Doimo mehmondo'st va samimiy O'zbek ahli sababli O'zbekiston va O'zbek ahliga mehrim tushdi. Men O'zbekistonda ikkita shahar (Toshkent va Buxoro) da yashadim. Ikkala shaharning aholisi ham juda ham mehmondo'st va mehribonligi sababli O'zbekiston men uchun hozirgacha qadrli. O'zbekistonning Ichan qal'a va Ayoz qal'a kabi O'rta Osiyodagi yirik va noyob memoriy yodgorliklarini Yaponiyaga tanitish, O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlab, ikkala davlat uchun ham katta foyda keltiradi deb o'ylayman. Umid qilamanki, ushbu uyushma ikkila mamlakatning rivoji uchun katta hissa qo'shadi

-Prezident : Naoya Shibamura

 

Profil: O'zbekiston professional futbol ligasidagi ilk Yaponiyalik futbolchi. “Paxtakor” va “Buxoro” jamoalari, shuningdek J-ligasining “Avispa Fukuoka”, “Tokushima Voltis” va “ Ventforet Kofu” jamoalari.

会長挨拶
設立趣旨

Assotsiatsiya maqsadi

Qadimda Sharq bilan G'arbni bog'lab turgan Buyuk Ipak Yo'lining markazi hisoblangan O'zbekiston 1991-yilda mustaqillikga erishdi. Hozirda O'zbekiston Markaziy Osiyoning 5 ta davlati bilan o'zaro chegaradosh bo'lib, Markaziy Osiyoning markazi sifatida rivojlanib kelmoqda. Sobiq Prezident I.A.Karimov bu rivojlanishga katta hissa qo'shgan. 2016-yilda SH.M.Mirziyoyev Prezidentlik lavozimini egallaganidan so'ng bu rivojlanish yanada jadallashdi.

Shu bilan birgalikda O'zbekistonda sport ham rivojlanmoqda. Ilk marotaba 1996-yilda Atlanta Olimpiadasida ikkita medal, shuningdek 2016-yil Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan olimpiadada jami 13 ta(4 ta oltin, 2ta kumush va 7 ta bronza) medal qo'lga kiritldi. O'zbek xalqining sevimli sport turlaridan bo'lgan Futbolda ham bu rivojlanish yaqqol namoyon bo'ldi. 2015-yilda o'tkazilgan U-20 ( 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida) Jahon chempionatida va Osiyo kubogida erishilgan ketma-ket muvaffaqiyatlar orqali eng yaxshi sakkiztalikga kirishga muvoffaq bo'ldi. Shuningdek 2018-yilda o'tkazilgan U-23 ( 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida) Osiyo kubigidagi ilk g'alaba singari ajoyib yutuqlarga erishib kelinmoqda.

O'zbekiston va Yaponiyani bog'lab turuvchi Buyuk Ipak Yo'li bilan birgalikda O'zbekiston poytaxti bo'lmish Toshkent shahrida, Yaponiya xalqi ham qurilishda xissa qo'shgan Alisher Navoiy teatri ham bor. Bu assotsiatsiya O'zbekiston va Yaponiyaning Sport, Ta'lim va Tibbiyot sohalarida o'zaro tajriba almashinuvlari bilan ushbu sohalarni yanada rivojlantirish orqali ikkala mamlakatning yanada rivojlanishini ko'zda tutmoqda.

bottom of page